Rossiyada migrantlarga mashina haydash taqiqlandi
Rossiyaning Xanti-Mansilar muxtor okrugi gubernatori Natalya Komarova patent asosida ishlayotgan mehnat muhojirlari uchun bir qancha faoliyat turlarini taqiqladi, deya xabar qilmoqda "Sputnik".
Ma’lum qilinishicha, endilikda hududda patent asosida ishlayotgan xorijliklar taksi, mikroavtobus haydovchisi bo‘la olmaydi, ularning yo‘lovchi tashishi taqiqlanadi. Bundan tashqari, migrantlar endi bolalar ozuqasini ishlab chiqarish, alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanish, shuningdek, oziq-ovqat bilan bog‘liq xizmatlar hamda ta’lim sohasida ishlay olmaydi.
Ta’kidlanishicha, bunday farmonga Xanti-Mansilar muxtor okrugida 2022 yil davomida amal qilinadi. Cheklovlar yuqori malakali mutaxassislarga taalluqli emasligi qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Inson huquqlari bo‘yicha kengash a’zolari bilan uchrashuvda MDH davlatlaridan migrantlar Rossiya qonunlari va urf-odatlarini bilgan holda mamlakatga ishlash uchun kelishlari kerakligini aytgan edi. U MDH davlatlarini bu masalada yordam berishga va o‘z rezidentlarini oldindan tayyorlashga chaqirgandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60911 | Инструменты