Rus qo‘shinlari 6-oktyabrga o‘tar kechasi Xarkovga raketa zarbalarini berdi. Viloyat rahbari Oleg Sinegubov Kiyev va Osnovyanskiy tumanlariga raketa kelib tushganini xabar qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hujumdan keyin 9 kishi tibbiy yordamga murojaat qilgan, yaradorlar orasida 11 oylik bola ham bor. Avtomobillar va binolarga zarar yetgan.
Ukraina Ichki ishlar vazirligi rahbari Igor Klimenko Xarkovdagi raketa hujumi oqibatida ikkita ko‘p qavatli turar joy va bitta uch qavatli bino shikastlangan. Vayronalar ostidan 10 yoshli bola o‘lik holda topilgan.
Bundan tashqari tunda Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga “Shahed-131/136” dronlari bilan hujum uyushtirdi, deb xabar bermoqda Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi.
Odessa viloyatida dronlar Izmoil tumanidagi chegara va port infratuzilmasiga hujum qildi, dedi viloyat ma’muriyati rahbari Oleg Kiper.
Uning so‘zlariga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa kuchlari uchta dronni urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan, u dronlarning nechtasi mudofaani yorib o‘tganiga aniqlik kiritmadi. Hujum oqibatida don omboriga zarar yetgan, 9 ta yuk mashinasi yonib ketgan.
Kiperning so‘zlariga ko‘ra, hech kim jabrlanmagan.
Bundan tashqari, Odessa viloyati rahbari dron hujumi tufayli parom o‘tish joyi vaqtincha yopilganini ma’lum qildi.
BBC rus xizmatining aniqlik kiritishicha, gap Orlovkadagi chorraha haqida ketayotgan bo‘lishi kerak, mahalliy Telegram kanallari ushbu hududda portlashlar sodir bo‘lganini xabar qilgan.
Yana 8 ta dron Nikolayev viloyatida, yettitasi Cherkas viloyatida urib tushirilgan. Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi, shuningdek, Xarkov, Dnepropetrovsk va Jitomir viloyatlarida uchuvchisiz uchoqlar urib tushirilgani haqida xabar berdi.
Avvalroq, Ukraina Ichki ishlar vazirligi Xarkov viloyatidagi Groza qishlog‘ining o‘qqa tutilishi natijasida 50 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51206 | Инструменты