Huawei 1
Saudiya Arabistonida giyohvand moddalar kontrabandasida ayblangan olti nafar Eron fuqarosi qatl etildi

Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi mamlakatga giyohvandlik vositalarini olib kirishga urinishda ayblangan olti nafar Eron fuqarosi qatl etilganini ma’lum qildi, deb yozadi Anadolu agentligi.

«Eron fuqarolari Qosim Muhammad Shaboni, Abdurrez Yunus Tenkasiri, Xalil Shahid Samri, Muhammad Javod Abduljalil, Mehdi Kenan G‘animi va Hur Muhammad Shaboni noqonuniy ravishda podshohlikka narkotiklar olib kirishga uringan», — deyiladi IIVning rasmiy xabarida.

Ta’kidlanishicha, ayblanuvchilar qo‘lga olingan, sudlangan va o‘lim jazosiga hukm etilgan. Saudiya Arabistoni hukumatining ko‘rsatmasiga binoan hukm ijro etilgan.

O‘z navbatida Eron Tashqi ishlar vazirligi Saudiya Arabistonining Tehrondagi elchisi Saud Al-Anaziga protest bildirdi. IRNA agentligiga ko‘ra, eronlik mahbuslar qatl etilganidan keyin Saudiya elchisi Eron TIVga chaqirilib, unga norozilik notasi topshirilgan.

2016 yil yanvarda Saudiya Arabistonida 47 kishi, jumladan, shialar yetakchisi Nimr an-Nimr qatl etilganidan keyin ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar uzilgan edi. Ammo Iroq va O‘mon vositachiligida 2021 yilda tomonlar muzokaralarni boshlagan. 2023 yil 10 martda Xitoy hukumati ko‘magida Pekinda diplomatik munosabatlarni qayta tiklash bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10513 | Инструменты