Huawei 1
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6-iyun kuni nishonlanadi

Saudiya Arabistonidagi oy kuzatiluvchi mintaqa — Tumayrda 27 may kuni Zulhijja oyi ko‘rindi. Shunga muvofiq, Saudiya Arabistoni Oliy sudi — 2025 yil 28 may, chorshanba kunidan 1446 hijriy yilning Zulhijja oyi boshlanishini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, hojilarning Arafotda turish marosimi (arafa kuni) 2025 yil 5 iyun, payshanba kuni bo‘lishi tasdiqlandi. Qurbon hayiti esa undan keyingi kun, ya’ni 2025 yil 6 iyun, juma kuni nishonlanadi.

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo bo‘limi ham falakiy hisob-kitoblarga ko‘ra, hijriy 1446 yil Zulhijja oyining 1 kuni 2025 yil 28 may, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishini ma’lum qildi.

Lekin, hozircha O‘zbekistonda Qurbon hayitini nishonlash sanasi rasman e’lon qilinmadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 53104 | Инструменты