Saudiya Arabistonida Umraga ruxsat etildi
Saudiya Arabistoni hukumati koronavirus pandemiyasi sabab kiritgan izolyatsiya choralarini bekor qilganidan so’ng, ibodat uchun muqaddas sanalgan joylarga tashrif buyuruvchi ziyoratchilar Makkaga yana qaytib kelishdi.
Haj safari uchun iyul oyida ramziy ma’noda ziyoratchilarning soni cehklangan xolda ruxsat berilgan edi.
Yakshanba kunidan boshlab esa kichik Xaj safari xisoblangan Umra ziyorati uchun ruxsat berildi.
Birinchi bosqichda ziyoratni kun davomida 6000 kishi, ya’ni Saudiya Arabistoni fuqarolari amalga oshirishi mumkin. Chet elliklar esa ziyoratni 1 noyabrdan boshlab amalga oshirishlari mumkin bo’ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90310 | Инструменты