Seul hukumati “Seoul Ring” deb nomlangan ulkan charxpalak qurilish loyihasini ma’qulladi. Bu Dubayning 250 metrlik “Ain Dubai” charxpalagidan keyin dunyodagi ikkinchi eng baland va odatiy spitsalari bo’lmagan eng katta charxpalak bo'ladi.
Attraksionning balandligi 180 metrni tashkil qiladi. Unda 25 kishiga mo‘ljallangan panorama oynali 36 ta kabina bo‘ladi. Arxitektorlarning bergan ma’lumotiga ko’ra, charxpalak foydalanishga topshirilgandan so‘ng soatiga taxminan 1470, kuniga esa maksimal 11792 nafar odamga xizmat ko’rsata oladi.
“Seoul Ring” bir vaqtlar chiqindixona bo‘lgan Nodil sun’iy orolidagi Hanil bog‘i hududida o‘rnatiladi. Eng yuqori nuqtadan tashrif buyuruvchilar Janubiy Koreyaning deyarli butun poytaxtini ko'rishlari mumkin bo'ladi.
Qurilish 2025-yilda boshlanib, attraksionning ochilishi 2027-yilga mo'ljallangan. Loyihaning qiymati taxminan 411 million dollar deb baholanmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10707 | Инструменты