Statistika agentligi dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yil davomida Fransiyadan O‘zbekistonga 23 390 nafar turistlar tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich 2023-yil bilan solishtirilganda 4 742 nafarga oshgan.
2024-yilda Fransiyadan O‘zbekistonga kelgan turistlarning asosiy safar maqsadlari:
- sayohat – 20 948 nafar
- qarindoshlarni yo‘qlash – 1 186 nafar
- xizmat yuzasidan – 1 131 nafar
- tijorat – 67 nafar
- o‘qish – 58 nafar.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin bir yilda Germaniyadan O‘zbekistonga 37,5 ming nafar turist kelgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22109 | Инструменты