“Shamollarda qolgan hislarim” ekran yuziga yana qaytadi. Ammo bitta shart bilan

Amerikaning HBO Max videooqim xizmati Margaret Mitchellning mashxur  "Shamollarda qolgan hislarim" asari asosida su'ratga olingan filmni namoyish etish uchun uni yana ekranlarga qaytarishga qaror qildi. Filmni ekranga uzatishda yagona shart – namoyshidan oldin "diskleymer", ya’ni “lavhalar borasidagi javobgarlikdan soqit qilish”ni anglatuvchi lavha taqdim etiladi.

Film namoyishidan oldin muxlislar undagi voqealar qullik davrini eslatishini, film bir necha bor irqiy tortishuvlarga sabab bo'lganligi haqida ogohlantiriladi. Shu bilan birga, Gollivud filmlarining senzurasiz mumtoz san’at asari muhim ahamiyatga ega ekani hamda bu tomoshabinlarni o'z qadriyatlari haqida o'ylashga undashi aytiladi.

HBO Max, politsiya tomonidan hibsga olingan qora tanli Jorj Floydning o'limi sababli norozilik namoyishlari paytida irqiy masalalar bilan bog'liq tortishuvlarga sabab bo'lgan "Shamollarda qolgan hislarim" filmini o’z platformasidan olib tashlagan edi.

Film ekran yuzini ilk bor 1939 yilda ko’rgan. U sakkizta "Oskar" mukofotini qo'lga kiritgan.



Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51223 | Инструменты