Huawei 1
Shimoliy Koreya o‘zining yangi qit’alararo raketasini ilk bor namoyish qildi

11-oktabr, shanba kuni Shimoliy Koreya rahbariyati Pxenyanda so‘nggi ikki yil ichida birinchi yirik harbiy paradni o‘tkazib, yangi qit’alararo raketani namoyish qildi. Davlat axborot agentligi KCNA tadbirda taqdim etilgan Xvason-20 raketasini “eng kuchli yadroviy strategik qurol” deb atadi. Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In o‘z nutqida qurolli kuchlarni “har qanday tahdidni yo‘q qilishga” qodir “yengilmas” kuchga aylanishga chaqirdi.

Parad Koreyaning hukmron Mehnat partiyasi tashkil topganining 80 yilligi munosabati bilan Kim Ir Sen maydonida bo‘lib o‘tdi. Taklif etilgan mehmonlar orasida Xitoy Bosh vaziri Li Tsyan, Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev, Vyetnam Kommunistik partiyasi Bosh kotibi To Lam ham bor edi.

Ular bitta rasmiy suratda Kim Chen In bilan birga tasvirlangan. KCNA tomonidan e'lon qilingan boshqa suratlarda Shimoliy Koreya bayroqlari bilan tashrif buyuruvchilar yonidan uzun Hwasong-20 raketasi o'tayotganini ko'rsatdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101115 | Инструменты