Shvetsiya bosh vaziri Qur’on kitobini yoqilishini musulmonlarga nisbatan hurmatsizlik deb atadi
Shvetsiya bosh vaziri Ulf Kristersson Turkiyaning Stokgolmdagi elchixonasi oldida Qur’on kitobining yoqib yuborilishini musulmonlarga nisbatan hurmatsizlik deb hisoblashini ta’kidladi.
"Ko‘pchilik uchun muqaddas kitoblarni yoqish chuqur hurmatsizlikdir. Bugun Stokgolmda sodir bo‘lgan voqeadan xafa bo‘lgan barcha musulmonlarga hamdardligimni bildirmoqchiman", — dedi u.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Shvetsiyadagi Turkiya elchixonasi oldida o‘tkazilgan namoyishda Qur’on yoqib yuborilgani haqida xabar bergan edik. Shuningdek, ushbu holatni arab mamlakatlari va Turkiya Shvetsiyada Qur’onning yoqib yuborilishini keskin qoralagan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121907 | Инструменты