Livan poytaxti Bayrutdagi Shvetsiya elchixonasi vaqtincha yopiladi. Xodimlardan Kiprga borishni so‘raldi. Bu haqda Shvetsiya Tashqi ishlar vaziri Tobias Billstryom ma’lum qildi.
“Sababi shundaki, mintaqadagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat nihoyatda xavotirli va mojaro avj olish xavfi bor”, deydi vazir.
Shvetsiyaning Bayrutdagi elchixonasida olti kishi ishlaydi. Billstryom xodimlar Livanni qanday, qachon va qancha muddatga tark etishlarini tushuntirmadi.
Taxminlarga ko‘ra, gap avgust haqida ketyapti, ammo bu muddat xavfsizlik holatiga qarab uzaytirilishi mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11519 | Инструменты