Huawei 1
Singapur banki sun’iy intellekt joriy etilishi fonida 4 ming xodimini ishdan bo‘shatadi

Janubi-Sharqiy Osiyodagi eng yirik banklardan biri hisoblangan DBS Group Holdings Ltd. uch yil davomida 4 ming xodimini ishdan bo‘shatadi. Bunga sun’iy intellekt texnologiyasi oldinlari insonlar tomonidan bajarilgan vazifalarni tobora yaxshiroq uddalayotgani sabab bo‘lmoqda.

Bankning bosh ijrochi direktori Piyush Gupta ushbu rejani Press Trust of India nashriga tasdiqlagan. Uning ta’kidlashicha, vaqtinchalik xodimlar va shartnoma bo‘yicha ishchilar ishdan bo‘shatiladi, qisqartirishlar doimiy xodimlarga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Qayd etilishicha, DBS bankining shtati salkam 41 ming kishini tashkil etadi.

Bloomberg Intelligence’ning yozishicha, yaqin 3-5 yil ichida dunyo banklari sun’iy intellektning joriy etilishi sabab 200 minggacha ish o‘rinlarini qisqartirishi mumkin. Shu bilan birga, JPMorgan Chase’da sun’iy intellektga mas’ul bo‘lgan Tereze Xaytsenreterning so‘zlariga ko‘ra, hozircha ushbu texnologiyaning joriy etilishi evaziga bank shtatlari faqat kengaytirilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22513 | Инструменты