Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso 15-may kuni Gandlovada Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishidan keyin otishma natijasida yaralandi.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Fitso hukumat yig‘ilishidan keyin mahalliy aholi vakillari bilan ko‘rishgan, ulardan biri esa unga qarata o‘t ochgan. Natijada bosh vazir yerga yiqilgan, uning ko‘krak sohasi va qorin qismiga jarohat yetkazilgani aytilmoqda.
Bosh vazir vertolyotda poytaxt Bratislavadagi shifoxonaga olib ketilgan. Uning ahvoli o‘ta og‘ir deb baholanmoqda.
Pravda nashri hujumdan keyin olingan videoni namoyish etgan, unda Fitso bukchaygancha xizmat avtomobiliga chiqayotgani aks etgan.
Politsiyachilar hujum qilgan shaxsni darhol qo‘lga olishgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100810 | Инструменты