Huawei 1
Stoltenberg: NATO yadro qurolini jangovar shay holatga keltirish masalasini muhokama qilmoqda

NATOga a'zo davlatlar yadroviy qurolni shay holatga keltirish zarurligi haqida maslahatlashmoqda. Bu haqda alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg ma'lum qildi. 

"Men qancha yadro kallaklari ishlashi va ularni qanday saqlash kerakligi haqida batafsil ma'lumot bermayman, ammo bu masalalarda maslahatlashishimiz kerak. Aynan shunday qilamiz”, - deydi u. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, NATO yadro strategiyasining asosi shaffoflik bo‘lishi kerak, u raqiblarga "to‘g‘ridan to‘g‘ri xabar yuborishga yordam beradi". "Maqsadimiz, albatta, yadroviy qurolsiz dunyo, ammo u mavjud ekan, biz yadroviy ittifoq bo‘lib qolamiz, chunki Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreyada yadroviy qurolga bo‘la turib, NATOda bo‘lmasligi yanada xavfliroq vaziyat keltirib chiqaradi", - deya ta’kidladi Stoltenberg.

Kreml Stoltenbergning bayonotlari bilan allaqachon tanish bo'lgan. "Bu keskinlikning navbatdagi kuchayishidan boshqa narsa emas", - dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62617 | Инструменты