Huawei 1
Sun'iy intellekt 2027-yilga borib 14 million odamni ishsiz qoldirishi mumkin

2027-yilga kelib dunyoda 14 millionga yaqin ish o'rinlari qisqartiriladi va ularni egallab turgan xodimlar sun’iy intellektga almashtiriladi. Bu haqda Jahon iqtisodiy forumi hisobotida ma’lum qilindi. Shu sababli, jahon mehnat bozori taxminan 2 foizga qisqarishi mumkinligi aytilmoqda.

Sun’iy intellektdan tashqari, yuqori inflyatsiya va iqtisodiy o’sishning sekinlashishi ham vaziyatga ta’sir qiladi, deyiladi hisobotda.

Qayd etilishicha, Jahon iqtisodiy forumining ushbu ma’lumotlari 800 dan ortiq kompaniyalarning so’rovlariga asoslanadi. Natijalarga ko’ra, ish beruvchilar kelgusi uch yil ichida 69 millionga yaqin yangi ish o’rni yaratishni rejalashtirgan, biroq 83 million ish o’rni yo’qoladi.

Muayyan kasblar va faoliyat sohalari nuqtai nazaridan, prognozlarga ko’ra, sun’iy intellekt mashhurligining o’sishi ma’lumotlar tahlilchilari, mashinalarni o’rganish bo’yicha mutaxassislar va kiberxavfsizlik mutaxassislari xizmatlariga talabning 30 foizga oshishiga olib keladi. Biroq, shu bilan birga, hujjat aylanmasi bilan shug’ullanadigan kotiblar, ma’murlar va xodimlar o’z ishlarini yo’qotadilar. Ularning orasida 26 million kishi ishdan bo’shatish xavfi ostida qoladi.

Avvalroq IBM xalqaro korporatsiyasi rahbari Arvind Krishna kelajakda sun’iy intellekt bilan almashtirilishi mumkin bo’lgan xodimlarni ishga olishni to’xtatishini aytgan edi.


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50906 | Инструменты