Suriya BRIKSga qo‘shilishni bildirib, allaqachon ushbu tashkilotga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirgan. Bu haqda Suriyaning Rossiyadagi elchisi Bashar Ja’fariy ma'lum qildi.
“Biz BRIKSga qo‘shilishdan juda manfaatdormiz. Biz tashkilotga aʼzo boʻlish uchun yozma soʻrov yubordik”, dedi diplomat “Shimoliy Kavkaz: yangi geostrategik imkoniyatlar” forumida.
Avvalroq Tailand, Malayziya, Ozarbayjon va Turkiya ham BRIKSga kirish istagini bildirgan edi. Bloomberg manbalariga ko'ra, 22-24 oktyabr kunlari Qozonda bo'lib o'tadigan sammitda guruhni yanada kengaytirish masalasi muhokama qilinishi mumkin. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov tashkilot yangi kelganlarni “hazm qilish” uchun yangi ishtirokchilar masalasida tanaffus olishga qaror qilganini aytdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110604 | Инструменты