Suriya daxshatli zilziladan so'ng G'arb davlatlaridan hech qanday yordam ko'rsatilmayotganini aytdi

G’arb davlatlari Suriyada yuz bergan daxshatli zilziladan so’ng mamlakatga yordam bermayapti. Ular tanlab faqat terrorchilar va muxolifat nazoratidagi hududlarga yordam yubormoqda, dedi Suriya prezidenti Bashar Asadning maslahatchisi Buseyna Shaaban.

Uning so’zlariga ko’ra, G’arb Suriyaning “Oq dubulg’alar” guruhi joylashgan ayrim hududlarigagina qayg’urmoqda xolos.

“G’arb davlatlari suriyaliklar ko’p yashaydigan hududlar haqida qayg’urmayapdi... Haqiqat shuki, AQSh va Yevropa faqat “Oq dubulg’alar”ni himoya qilmoqda”, - dedi prezident administratsiyasi vakili.

Uning qo’shimcha qilishicha, pulning katta qismi va barcha jihozlar Yevropa va AQSh tomonidan faqat Turkiyaga yuborilgan.

"Yevropa mamlakatlari Suriyaga umuman hech narsa yubormadi", - dedi Buseyna Shaaban.

Eslatib o'tamiz, 6-fevral kuni Turkiya va Suriya chegarasidagi hududlarda 7,8 magnitudali daxshatli zilzila yuz berdi. 

So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, Turkiya va Suriyada zilzilaning jami qurbonlari soni 16 mingdan oshdi. Turkiyada ayni vaqtga kelib 12873 kishi halok bo'lgan va 62937 kishi yaralangan. Suriyada esa halok bo'lganlar soni 3162 nafarni tashkil qilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты