Huawei 1
Suriyada minglab odamlarni o‘limga hukm qilgan sudya hibsga olindi

Suriyaning yangi hukumati sobiq harbiy sudya Muhammad Kanjo Hasanni hibsga oldi, u prezident Bashar Asad tuzumi ostidagi mashhur Sednaya qamoqxonasidagi mahbuslarga o‘lim hukmini chiqargan, deya xabar beradi Suriya inson huquqlarini kuzatish tashkiloti (SOHR) 26 dekabr, payshanba kuni.

Muhammad Kanjo Hasan o‘z atrofidagi 20 kishi bilan birga Asad klanining tayanch nuqtasi hisoblangan Tartus viloyatida qo‘lga olingan. SOHR maʼlumotlariga ko‘ra, Kanjo Hasan Sednaya qamoqxonasi mahbuslariga minglab hukmlarni, jumladan o‘lim jazosini ham chiqargan.

Sednaya qamoqxonasidagi mahbuslar va bedarak yo‘qolganlar uyushmasi (ADMSP) hammuassisi Diab Serriyaning aytishicha, Muhammad Kanjo Hasan 2011 yildan 2014 yilgacha, Suriyadagi fuqarolar urushining dastlabki uch yilida Suriya harbiy dala sudini boshqargan. Keyinchalik u butun Suriya bo‘yicha harbiy adliya boshlig‘i lavozimiga ko‘tarildi. Serriyaning taʼkidlashicha, Kanjo Hassan «minglab odamlarni» o‘limga hukm qilgan, ko‘pincha «sudlar bir necha daqiqa davom etgan».

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122903 | Инструменты