Huawei 1
Suriyada Rojdestvo dam olish kuni deb e’lon qilindi

Suriyaning yangi hukumati nasroniylarning Rojdestvo bayramiga to‘g‘ri keladigan 25-26 dekabr kunlari dam olish kuni bo‘lishini ma’lum qildi. Shu kunlarda davlat idoralari yopiladi. Bu haqda SANA axborot agentligi xabar berdi.  

Hukumat sirkulyarida aytilishicha, davlat xizmatchilariga Rojdestvo kunida ta’til beriladi.

“Davlat organlari xodimlari uchun dam olish kunlari 2024 yil 25 va 26 dekabr chorshanba va payshanba kunlari belgilandi. Faoliyati zarur bo‘lgan vazirliklar va davlat idoralari o‘z faoliyatini davom ettiradi”, deyiladi muvaqqat hukumat bayonotida.

23 dekabr kuni Hama provinsiyasi yaqinida bir guruh erkaklar archaga o‘t qo‘ygani aks etgan video internetga tarqaldi. Taxminlarga ko‘ra, bular “Ansor at-Tavhid” guruhining a’zolari bo‘lgan. Suriyada hokimiyatni qo‘lga olgan “Hayat Tahrir ash-Shom” guruhining diniy yetakchisi daraxtga o‘t qo‘yganlar “suriyaliklar emasligini” aytdi va ular jazolanishiga va daraxt tiklanishiga va’da berdi.

Ma’lumot uchun, HTSH 8 dekabr kuni Suriyada hokimiyatni egallab oldi. Mamlakat prezidenti Bashar Asad iste’foga chiqdi va Rossiyaga uchib ketdi. Suriyaning yangi rahbari Ahmad al-Shara (Abu Muhammad al-Jo‘loniy laqabi bilan mashhur) 2013 yilda Suriyada nasroniylar, kurdlar va alaviylarga joy bo‘lmasligini aytgandi, biroq endilikda u pozitsiyasini o‘zgartirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122602 | Инструменты