Tanasiga 50 dan ortiq chip o'rnatgan ayol Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi

Kaliforniyalik Anastasiya Sin o‘zini bioxaker deb ataydi – ayol tanasiga 52 ta implant joylashtirib, Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Bu haqda The New York Post nashri xabar bermoqda. 

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, uni bu ishga qizi ilhomlantirgan, qizaloq kompyuter qulfini ochish uchun o‘ziga mikrochip joylashtirmoqchi bo‘lgan. Ammo "g'amxo'r ona" birinchi navbatda u xavfsiz yoki yo'qligini tekshirib, o'zida sinab ko'rishga qaror qilgan.

Ayol tanasidagi o'zgarishlarning aksariyati hamshira va jarrohlar tomonidan jarrohlik yo'li bilan amalga oshirilgan. Bu chiplar, albatta, tanada abadiy qololmaydi. Implantatsiya qilinganidan so'ng, ko'pchilik chiplar va magnitlar "eksperimental" kimyoviy qoplama tufayli olib tashlanishi va sinovdan o'tkazilishi kerak.

Rekord egasi ichida joylashgan ko'plab chiplar va qurilmalar yordamida old eshikni ocha oladi va qulflaydi, shuningdek, kompyuterni yoqadi, yo'qolgan metall buyumlarni topadi, telefon raqamlarini teradi va boshqa ko'plab amallarni bajara oladi.

Ayolning aytishicha, implantlar unga oltinchi tuyg‘uni bergan.

"Men hozir sizga mikroto‘lqinli pechingiz juda ko‘p radiatsiya chiqarayotganini aytib berishim mumkin. Bunda mening qo‘lim vibratsiya bo‘ladi (titraydi)", deydi u. 

Bundan tashqari, Anastasiya devor ortidagi elektr simlarni ham his qila oladi.

Lekin rekordchi ayol tanaga implant o‘rnatishning xavflari borligi haqida ham ogohlantirdi. 

"Agar doimiy nazorat talab qiladigan biror kasallik menda borligini sezsam, barcha implantlarni tanamdan olib tashlagan bo‘lardim", deydi u.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты