Huawei 1
Tayvanda “Gaemi” to‘foni oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, 200 kishi jarohatlandi

Tayvanda “Gaemi” to‘foni oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, 201 kishi jarohatlandi. 340 mingdan ortiq xonadonda elektr taʼminoti uzilib qolgan. Xitoy janubi-sharqida 150 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi. Bir qator viloyatlarda favqulodda chora-tadbirlar joriy qilingan.

China Press xabariga ko'ra, kuchli shamol va yomg'ir sabab bo'lgan to'fon Tayvanda 345 457 xonadonda elektr ta'minotini uzilishlariga sabab bo'lgan. Bir necha soatdan keyin 53 ming xonadonga elektr taʼminoti tiklandi. To‘fon tufayli orolda 2 mingga yaqin daraxt qulab tushdi, ko'plab avtomobillar va yo‘llar vayrona holatga kelgan. 24-iyul kuni kechqurun "Gaemi" Tayvan shimoli-sharqidagi Yilan okrugiga zarba berdi.

Xitoyning Futszyan provinsiyasidan 156,8 ming kishi evakuatsiya qilinmoqda, deb yozadi China News. To‘fon viloyatga 25-iyul kuni kechqurun yetib borishi tahmin qilinmoqda. Bir kun avval Xitoyning Shenzhen Railway temir yo‘l kompaniyasi 260 ta poyezd harakatini to‘xtatdi, Futszyan provinsiyasida Nanchang temir yo‘lining barcha yo‘lovchi poyezdlari ishlamayapti.

24-iyul kuni Xitoy Markaziy meteorologiya boshqarmasi "Gaemi" to‘foni uchun eng yuqori qizil ogohlantirish darajasini e’lon qildi. Fujianning ayrim hududlarida 600 mm gacha yog‘ingarchilik yog‘ishi kutilmoqda. Dengizdagi kemalarga portlarda boshpana olish tavsiya etilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90718 | Инструменты