Huawei 1
Tbilisida parlament saylovlari natijalariga qarshi norozilik namoyishi boʻlib oʻtmoqda

Tbilisida 26-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari natijalariga qarshi navbatdagi norozilik namoyishi bo‘lib o‘tmoqda. Namoyishchilarning ikki guruhi Tbilisi universiteti va Marjanishvili maydonidan shahar markaziga qarab harakatlandi.

“Maqsadimiz Gruziyada adolatli saylovlarga erishish. Bu ozodlik uchun kurash. Mamlakatimizni Rossiyaga aylantirishga yo‘l qo‘ymaymiz”, — dedi “Kuchli Gruziya” muxolifat koalitsiyasi yetakchisi Mamuka Xazaradze.

Marsh davomida namoyishchilar qo‘llarida Gruziya va Yevropa Ittifoqi bayroqlarini ushlab turishgan. Ular "Rossiya saylovlariga yo'q" deb hayqirmoqda. Marsh parlament saylovlaridagi ovozlarni qayta sanab chiqishni talab qiluvchi Gruziya muxolifat partiyalari tomonidan uyushtirilgan.

Gruziya Markaziy saylov komissiyasiga ko‘ra, parlament saylovlarida hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi 54 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongan. Ekzit-poll natijalariga ko‘ra, muxolif partiyalar ko‘pchilik ovozlarni olgan. 27-oktabr, saylovlardan ertasiga Gruziya muxolifati saylov natijalarini tan olmasligini e’lon qildi va norozilik namoyishlarini e’lon qildi. Ular qatorida Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili ham ishtirok etdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111307 | Инструменты