Huawei 1
Tesla bilan raqobatlashadigan Xpeng kompaniyasi yirik parrakli uchar avtomobil ishlab chiqardi

Dunyoda uchar mashinalar ishlab chiqarish bir necha yillar oldin aholi uchun mo'jizaga teng bo'lgan. Ammo XXI asrda bu ajablanarli holat bo'lmay qoldi. Endilikda odanlarga ularning turli rusumlari chiqarilib, bir-biridan o'zib ketayotgani qiziqarli bo'lmoqda. Masalan shu paytgacha Rossiyada uchar taksi sinovdan o’tdi, AQSHda elektr dvigatellarga ega hamda oddiy yo‘llarda ham yura oladigan uchar avtomobil namoyish etildi, Yaponiyada uchar mashinalar sinovdan o'tkazildi

Xitoyning Xpeng kompaniyasi oktyabr oyida Dubayda elektr uchar avtomobilini ilk namoyishini o'tkazgan. Kompaniya bunday imkoniyatni yana qo'ldan boy bermaslikka qaror qildi.

Tesla bilan raqobatlashadigan brend nafaqat “havo avtomobili”ning original versiyasini ishlab chiqdi, balki uni allaqachon sinovdan oʻtkazdi. X3 prototipining birinchi parvozi videosi internetga joylashtirildi.

Videolavhada yirik va ajabtovur tarzda ishlangan konstruksiya bir nechta parraklar yordamida sekin yuqoriga koʻtarilgani namoyish etilgan. Uchar avtomobil taxminan 9 metr balandlikda barqarorlashadi va oldinga siljishni boshlaydi. Qurilma yirik parraklardan foydalanish gʻoyasining hayotiyligiga ishontira oladi. Mashinaning ogʻirligi 1950 kilogramm.

Ushbu ogʻirlikning katta qismini korpusda joy egallagan batareyalar va aksessuarlar tashkil etadi. Uchar avtomobilning dizayni koʻplab savollar tugʻdiradi, ammo uning parvozga yaroqli ekanligi masalasida bahslashish qiyin.

Ishlab chiquvchilarning taʼkidlashicha, rotorlar buklanadi, bu X3 dan yoʻllarda oddiy avtomobil kabi foydalanish imkonini beradi.

Xpengning uchar avtomobilning tijoriy versiyasini yaratish niyatining jiddiyligi bu ularning natijaga erishish uchun birinchi urinishi emasligi bilan izohlanadi. Ilgari kompaniya uchar avtomobilning oʻlchami kichikroq boʻlgani uchun manyoviri yuqori versiyasini namoyish qilgan edi.

Bundan tashqari bunday innovatsion texnikalar nafaqat mashinalarda balki stullarda ham sinab ko'rilmoqda

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72110 | Инструменты