AQSHda elektr dvigatellarga ega hamda oddiy yo‘llarda ham yura oladigan uchar avtomobil namoyish etildi
Aqshning Kaliforniya shtatidagi Alef Aeronautics startapi o‘zining yangi prototipi — elektr dvigatellarga ega hamda oddiy yo‘llarda ham yura oladigan Model A uchar avtomobilini taqdimetdi.
Avto to‘rsimon korpusga ega va u yuk ko‘taruvchi kosntruksiya vazifasini ham bajaradi. Uning ichida 8 ta parrakka ega 4 ta dvigatel o‘rnatilgan, shuningdek, oddiy g‘ildiragi ham bor. Haydovchi va yo‘lovchi kapsulasimon kabinada o‘tirishadi. Mashina korpusi horizontal parvoz chog‘ida qanot vazifasini ham bajaradi.
Bunday avtomobil maxsus maydonlardan emas, istalgan joydan parvoz qila olishi mumkin. Ayni paytda tajribaviy ishlab chiqarish boshlangan, ilk seriyali modellar 2025-yilning IV choragida bozorga chiqariladi. Oldindan buyurtma bilan avtoning narxi 300 ming dollar qilib belgilangan.



Alpha version: 0.9.1.19 build 51519 | Инструменты