Huawei 1
The Wall Street Journal: Rossiya “Rosneft”, “Gazprom neft” va “Lukoyl”ni birlashtirish rejasini ishlab chiqmoqda

WSJ maʼlumotlariga ko‘ra, so‘nggi bir necha oy davomida ushbu kompaniyalar rahbarlari va hukumat amaldorlari o‘rtasida kelishuv bo‘yicha muzokaralar olib borilgan. Nashr manbalarining taʼkidlashicha, reja tafsilotlari o‘zgarishi mumkin, hatto birlashish umuman amalga oshmasligi ham mumkin.

Agar birlashuv ro‘y bersa, vujudga keladigan kompaniya jahonda Saudiya Arabistonining Aramco kompaniyasidan keyin ikkinchi yirik neft ishlab chiqaruvchisiga aylanadi, shuningdek, neft qazib olish hajmi Exxon Mobil‘nikidan uch baravar yuqori bo‘ladi.

WSJ suhbatdoshlariga ko‘ra, birlashgan kompaniya G‘arb sanksiyalariga yaxshiroq qarshi tura oladi va neftni Hindiston hamda Xitoyga yuqoriroq narxlarda sotadi. Shuningdek, uning yordamida Putin urushni qo‘llab-quvvatlash uchun energetika sektorini safarbar qilishi va iqtisodiyot ustidan nazoratni kuchaytirishi mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111307 | Инструменты