Huawei 1
Tojikistondagi Rog‘un GESidagi avariya oqibatida uch ishchi halok bo‘ldi

Tojikistondagi Rog‘un GESidagi avariya oqibatida uch nafar ishchi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Sanoatda mehnat xavfsizligi ustidan davlat nazorati xizmati ma’lum qildi.

Yana bir kishi jarohatlangan. Ayni paytda korxonada odamlarning o‘limi bilan bog‘liq hodisani tekshirish bo‘yicha maxsus ishchi guruh tuzilgan.

Avvalroq Xizmat hisobotida aytilishicha, 2024-yilning olti oyida Tojikistondagi sanoat obyektlarida 14 kishi halok bo‘lgan.

Shuningdek, ushbu davrda ishlab chiqarishda 18 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘lib, ixtisoslashtirilgan komissiya tomonidan 141 ming somoniydan ortiq jarimalar rasmiylashtirilgan.

Shu bilan birga, Rog‘un GESida sodir bo‘lgan avariya va noxush hodisalarda jabrlanganlar soni mamlakatda ro‘y berayotgan favqulodda vaziyatlar umumiy sonining 3-4 foizini tashkil etadi, – deydi boshqarma boshlig‘i San’at Rahimov.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111515 | Инструменты