Huawei 1
To‘qayev Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi rahbari vakolatlarini o‘z zimmasiga oldi

Prezident Qosim-Jomart To‘qayev bugundan boshlab Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi rahbari vakolatlarini o‘z zimmasiga oldi. Mamlakat rahbari bu haqda televideniye orqali xalqqa yo'llagan murojaatida ma'lum qilgan.

Ta’kidlanishicha, ushbu lavozimda 2019 yil martdan buyon Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboyev faoliyat yuritib kelayotgan edi.

U, shuningdek, rasmiylar namoyishlar paytida huquqbuzarlarga nisbatan imkon qadar qattiqqo‘l harakat qilish niyatida ekani haqida ogohlantirdi.

“Bu oʻzining va oila aʼzolarining hayotini himoya qilish uchun menga koʻplab so'rovlar bilan murojaat qilayotgan fuqarolarimizning xavfsizligi masalasidir. Bu davlatimiz xavfsizligi masalasidir. Ishonchim komilki, xalq meni qo‘llab-quvvatlaydi”, — dedi u.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102002 | Инструменты