Afg’onistondagi o’smir qizlar uchun shu hafta o’rta maktabni bitirish imtihonlarini topshirishga ruxsat berildi. Bu haqda kecha 6-dekabr kuni Tolibon hukumati rasmiy manbalari xabar qildi.
AQSHning Associated Press agentligi tomonidan ochiqlangan Tolibon ta’lim vazirligiga tegishli hujjatlarga ko’ra, qaror Afg’onistonning 34 viloyatidan 31 tasiga tegishlidir.
Cheklangan uchta viloyat - Qandahor, Hilmand va Nimrozda o’quv yili uchun boshqa jadval mavjud bo’lib, unga ko’ra o’rta maktabni bitirish imtihonlari keyinroq o’tkaziladi.
Kobul ta’lim boshqarmasi boshlig’i Ehsanulloh Kitobning aytishicha, imtihonlar bugun 7-dekabr chorshanba kuni bo’lib o’tadi. Necha nafar qizning imtihon topshirishi mumkinligi hozircha noma’lum.
Talabalar va ularning ayol o’qituvchilari Tolibonlarning ayollar uchun kiyinish odobi bo’yicha hijob yoki ro’mol o’rashlari kerak bo’ladi, imtihon vaqtida mobil telefonlardan foydalanish taqiqlanadi. Imtihonda qatnasha olmagan yoki uddasidan chiqa olmagan qizlarga qishki ta’tildan so’ng mart oyi o’rtalarida imtihonni qayta topshirishga ruxsat beriladi.
Aytib o’tish lozimki, Tolibonlar mamlakatni o’tgan yili egallab olganidan beri qiz bolalar uchun maktabga borish taqiqlangan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51223 | Инструменты