Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumatining tashqi ishlar, ta’lim, iqtisodiyot va sog‘liqni saqlash sohalari vakillaridan iborat delegatsiya 16 fevral kuni Yaponiyaga bordi. Bu haqda “Amu TV” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Tolibon” vakillari gumanitar yordam so‘rab, Yaponiya rasmiylari bilan diplomatik aloqalarni muhokama qilishlari kutilmoqda.
“Tolibon” iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Latif Nazariy X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida post qoldirib, bu tashrifni xalqaro hamjamiyatning faol a’zosi bo‘lishga qaratilgan sa’y-harakatlarining bir qismi deb atagan. Biroq u safardan ko‘zlangan maqsad va kun tartibi haqida batafsil ma’lumot bermagan.
“Biz kuchli, birlashgan, rivojlangan, gullab-yashnagan, rivojlangan Afg‘oniston va xalqaro hamjamiyatning faol a’zosi bo‘lish uchun dunyo bilan ahil hamkorlik qilishga intilamiz”, deb yozadi Nazariy 15 fevral kuni X'dagi sahifasida.
Ma’lumot uchun, “Tolibon” hukumati qo‘shni va mintaqa davlatlari, jumladan, Markaziy Osiyo, Rossiya va Xitoyga muntazam tashriflar qilsada, mintaqadan tashqariga kamdan-kam hollarda borgan. U Yevropaga faqat 2022 va 2023 yillarda Norvegiyada bo‘lib o‘tadigan diplomatiya sammitlari uchun rasmiy tashrif buyurgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22018 | Инструменты