Huawei 1
“Tolibon” Xitoy kompaniyasi bilan 25 yillik neft shartnomasini bekor qildi

“Tolibon” boshqaruvidagi Kon va neft vazirligi Xitoy kompaniyasi bilan 25 yillik neft shartnomasini bekor qildi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, gap Amudaryo neft konini qazib olish bo‘yicha erishilgan shartnoma haqida ketmoqda. U Xitoyning Afchin kompaniyasi bilan 25 yilga tuzilgan edi. “Tolibon” mazkur kompaniyani shartnoma shartlarini bir necha bor buzganlikda ayblamoqda.

Shartnoma buzilishi holatlarini tekshirish uchun qo‘shma komissiyalar tuzildi, natijada bu komissiyalar Afchin kompaniyasi tomonidan bir necha bor qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani va o‘z majburiyatlarini bajarmaganini aniqladi, deyiladi Afg‘oniston Kon va neft vazirligi bayonotida.

“Tolibon” Afchin bilan tuzilgan shartnomaning huquqiy jihatlarini ko‘rib chiqish va hisob-kitoblarni aniqlashtirish uchun xalqaro konsalting kompaniyalarini hamkorlikka chaqirgan.

Shartnomani imzolash chog‘ida “Tolibon” Xitoy kompaniyasi bir yil ichida 150 million dollar va keyingi uch yilda 450 million dollar sarmoya kiritishini aytgandi. “Tolibon”ga ko‘ra, Saripul va Faryob viloyatlarida joylashgan Amudaryo neft havzasida 4500 kvadrat kilometr maydonda 87 million tonna tasdiqlangan neft bor.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61723 | Инструменты