Huawei 1
Tolibon yetakchisi Afg‘onistonda marixuana yetishtirishni taqiqladi

Afg'onistonning barcha hududlarida nasha (marixuana) yetishtirish taqiqlandi. Bu haqda “Tolibon” harakatining oliy rahbari Hibatulloh Oxundzoda imzolagan farmonda aytiladi.

“Mamlakat boʻylab nasha yetishtirish qatʼiyan man etiladi. Sudlar qonunbuzarlarni shariat qonunlariga koʻra jazolashga majburdir”,-deyiladi farmonda.

Afg'oniston dunyodagi eng yirik afyun ishlab chiqaruvchisi va eng yirik nasha ishlab chiqaruvchilardan biridir. Mamlakatda nasha ishlab chiqarish hajmi to'g'risida ishonchli ma'lumotlar mavjud emas. BMT ekspertlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2009-yilda Afg‘onistonda nasha yetishtirish uchun mamlakatning 17 viloyatida 10 mingdan 24 ming gektargacha ajratilgan maydonlar bo‘lgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112803 | Инструменты