Huawei 1
Tramp AQSh prezidenti portretlari galereyasidagi o‘z portretidan norozi bo‘ldi

AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida o‘zining Kolorado shtati qonunchilik majlisi binosida Amerika yetakchilari portretlari galereyasida namoyish etilgan, rassom Sara Bordman tomonidan chizilgan o‘z portretini tanqid qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hech kim yomon suratlar yoki «o‘zining yoqimsiz portretlarini» yoqtirmaydi.

«Ammo, Kolorado shtati kapitoliysida gubernator tomonidan prezidentlarning boshqa portretlari yonida ko‘rsatilgan tasvir ataylab buzib ko‘rsatilgan bo‘lib, men buni ilgari hech qachon ko‘rmaganman», deb yozgan Tramp.

Uning fikricha, Bordman «ehtimol, yoshi o‘tishi bilan o‘z iste’dodini yo‘qotgan».

22 mart kuni Oq uyning maxsus vakili Stiven Uitkoff jurnalist Taker Karlsonga Tramp portretni Rossiya yetakchisidan sovg‘a sifatida olganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ish Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan «Rossiyaning yetakchi rassomi»ga topshirilgan. Uitkoffning aytishicha, Tramp «haqiqatan ham ta’sirlangan».

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32606 | Инструменты