Tramp ilk saylovoldi debatda Baydendan ustun keldi

AQSHda bo‘lib o‘tgan Amerikaning sobiq rahbari Donald Tramp va amaldagi prezident Jo Bayden o‘rtasidagi ilk saylovoldi debatda respublikachi Tramp ustunlikka erishdi.

CNN telekanalida Donald Tramp va Jo Bayden o‘rtasida bir yarim soatlik debat bo‘lib o‘tdi. Demokrat prezident tarafdorlari hafsalasi pir bo‘lgan. Bayden og‘zaki duelda respublikachi siyosatchini mag‘lub eta olmadi. AQSH saylovoldi debatlari tomoshabinlarining uchdan ikki qismi sobiq prezident Donald Tramp raqibi Jo Baydendan ustun keldi, deb hisoblamoqda.

Trampga respondentlarning 67 foizi, Baydenga esa 33 foizi ovoz bergan.

Trampning ustunligi uning asosiy tezislari va bayonotlarida o‘z ifodasini topgan, xususan:

  • AQSH hurmatga ega bo‘lganida, Rossiya-Ukraina mojarosi boshlanmasligi kerak edi.
  • Bu urushga ketayotgan mablag‘lar bu tarzda sarflanmasligi kerak.

Bahs chog‘ida Tramp Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiyni tanqid qilib, har safar AQSHdan milliardlab dollar bilan qaytadigan “mayda savdogar” deb atagan. Trampning fikricha, agar Qo‘shma Shtatlarda Putin hurmat qiladigan “haqiqiy prezident” bo‘lganida, qurolli mojaro hech qachon ro‘y bermagan bo‘lardi, Bayden esa urushni to‘xtatish uchun hech narsa qilmagan.

"Men bu urushni lavozimga kirishgunimga qadar tezda hal qilaman", — deydi Tramp.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Bayden ma’muriyati ostida AQSH jahon sahnasida ortiq hurmat qilinmayapti.

"Bu munozara ko‘p sabablarga ko‘ra tarixiy bo‘ldi. Demokratik partiyaning milliy qurultoyi 19-avgust kuni Chikagoda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan", — deya ta’kidlaydi CNN.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70103 | Инструменты