AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin u bilan Ukrainadagi urushni muhokama qilish uchun uchrashish istagini bildirganini aytdi. "Prezident Putin imkon qadar tezroq men bilan uchrashmoqchi ekanligini aytdi", — deya Trampning 22 dekabr, yakshanba kuni Arizona shtatida o‘z tarafdorlari oldidagi chiqishi chog‘ida qilgan bayonotidan iqtibos keltirgan Amerikaning CNBC telekanali o‘z saytida.
"Shunday qilib, biz buni kutishimiz kerak (Vladimir Putin bilan uchrashuvni), ammo bu urushni tugatishimiz kerak, bu urush dahshatli", — deya qo‘shimcha qildi respublikachi.
Dekabr oyi boshida Donald Tramp Notr-Dam sobori restavratsiyasidan keyin ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan Parijga tashrifi chog‘ida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashdi, unga Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham qo‘shildi. Ushbu uch tomonlama muloqot natijasida Tramp Ukrainada "zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish"ga chaqirdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122316 | Инструменты