Huawei 1
Tramp Putinning Yangi START shartnomasini uzaytirish g‘oyasini “yaxshi g‘oya” deb atadi

AQSh prezidenti Donald Tramp 5-oktabr, yakshanba kuni jurnalistlar bilan suhbatda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Strategik qurollarni qisqartirish bo‘yicha shartnoma (Yangi START) muddatini uzaytirish taklifini “yaxshi g‘oya” deb atadi.

"Bu men uchun yaxshi fikrga o'xshaydi", dedi Tramp Oq uydagi brifingda jurnalistlar savoliga javob berar ekan.

Putin aynan nimani taklif qildi?

Rossiya prezidenti 22-sentabr kuni boʻlib oʻtgan Rossiya Xavfsizlik kengashi yigʻilishida 2026-yil 5-fevralda amal qilish muddati tugaganidan keyin mamlakat kelishuvga kamida yana bir yil amal qilishga tayyorligini maʼlum qildi.

Putin, shuningdek, New START muddati tugashi bilan yadroviy raketa imkoniyatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri cheklovchi so‘nggi xalqaro shartnoma yo‘qolishini ta’kidladi. “Ushbu kelishuv merosidan butunlay voz kechish, ko'p nuqtai nazardan, noto'g'ri va uzoqni ko'zlamagan qadam bo'ladi”, dedi u.

Rossiya 2023-yilda Yangi START shartnomasidagi ishtirokini to'xtatdi

Yangi START shartnomasi 2010-yilda Rossiya va AQShning o‘sha paytdagi prezidentlari Dmitriy Medvedev va Barak Obama tomonidan imzolangan edi. 2021-yilda u besh yilga uzaytirildi.2022-yilning 24-fevralida Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urush boshlanganidan keyin Kreml rahbari bir necha bor yadro qurolidan foydalanish bilan tahdid qilgan. Bundan tashqari, so'nggi yillarda Rossiya yadroviy doktrinasini qayta ko'rib chiqdi va Belarusda yadro qurolini joylashtirdi.

2023-yil fevralida Rossiya NATOni Rossiya strategik obyektlariga zarba berishda ishtirok etganlikda ayblab, Yangi START shartnomasidagi ishtirokini to‘xtatdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100613 | Инструменты