Huawei 1
Isteʼmolchilarga 8 oyda  906 mlrd soʻmdan ortiq keshbek qaytarildi

Isteʼmolchilar uchun qoʻshimcha ragʻbat sifatida joriy qilingan  keshbek tizimi nafaqat aholining chek talab qilish madaniyatini oshirish bilan bir qatorda xufiyona iqtisodiyotning oldini olishda muhim instrumentlardan biri boʻlmoqda.

Joriy yilning yanvar - avgust oylarida jami 976,1 mingta xarid cheki boʻyicha aholiga 906,6 mlrd soʻm miqdorida keshbek qaytarib berildi.

Birgina avgust oyida (26-sentabr holatiga) isteʼmolchilarga 121,8 mln chek uchun 99,8 mlrd soʻmdan ortiq keshbek toʻlangan.

Amaldagi qonunchilik talablariga koʻra quyidagi holtlarda keshbek hisoblanmasligi belgilangan:

- Tadbirkor tomonidan soliq organlariga soliq hisobotlari taqdim etilmaganligi yoki 1 mln soʻmdan ortiq soliq qarzdorligi mavjudligi;

- onlayn-NKM chekini roʻyxatdan oʻtkazgan jismoniy shaxsning shubhali xaridorlar reyestriga kiritilganligi;

- tadbirkor tomonidan hisobotlarda chek maʼlumotlarini toʻliq aks ettirmaslik va notoʻgʻri axborotlar kiritilganligi;

- roʻyxatga olingan chek toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning soliq organlarining axborot tizimlariga yuborilmaganligi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100612 | Инструменты