Huawei 1
Tramp qidiruv tizimida u haqidagi yomon xabarlar uchun Google’ni sudga bermoqchi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp agar qayta saylansa, Google kompaniyasini sudga berishini aytdi, chunki qidiruv tizimida u haqida “faqat yomon” va uning raqibi Kamala Xarris haqida “faqat yaxshi” nashrlar ko‘rsatilgan, deb yozadi The New York Times.

"Google Donald Tramp haqida faqat yomon voqealarni ko'rsatish tizimini noqonuniy ravishda boshqargan, ularning ba'zilari shu maqsadda yaratilgan, shu bilan birga Kamala Xarris haqida faqat yaxshi hikoyalarni ko'rsatgan", dedi Tramp.

U AQSh Adliya vazirligi bunday “saylovga ochiq aralashish”da ishtirok etganlarni javobgarlikka tortishiga umid bildirdi. Siyosatchi, agar qayta saylansa, kompaniya faoliyati bo'yicha eng qattiq tekshiruv o'tkazilishini talab qilishiga va'da berdi.

Google Trampning ayblovlarini rad etib, u oʻz algoritmlarini oʻzgartirmasligi va qidiruv soʻroviga mos boʻlgan nashrlarni koʻrsatishini taʼkidladi.

Respublikachi Donald Tramp bir necha bor Google’ni kontentni tartibga solishda, u haqida “soxta xabarlar” chop etishda va Demokratik partiyani qo‘llab-quvvatlashda ayblagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92816 | Инструменты