AQSH rasmiylari saylangan prezident Donald Tramp va uning oilasini o‘ldirish bilan tahdid qilgan Arizonalik erkakni hibsga oldi. Bu haqda ayblov hujjatlari va manbalarga tayanib, ABC News xabar berdi.
Telekanal qo‘lga kiritgan tergov materiallariga ko‘ra, gumonlanuvchining ismi Manuel Tamayo-Torres bo‘lib, u saylangan prezidentga nisbatan “aniq bo‘lmagan, ammo to‘g‘ridan to‘g‘ri” tahdidlar qilgan va tergovdan xabardor manbalar uning bayonotlari aynan Trampga tegishli ekanini tasdiqlagan.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, avvalroq hujumchi ijtimoiy tarmoqlarda siyosatchiga murojaat qilgan videoni e’lon qilgan:
“Sen o‘lasan, o‘g‘ling o‘ladi, butun oilang o‘ladi”, degan erkak videoda.
Bundan tashqari, videoda Tamayo-Torres AR-15 miltig‘ini ko‘tarib, Tramp haqida “turli xil g‘alati bayonotlar” qilgan.
Avgust oyida Tamayo-Torres Arizonadagi Respublikachilar saylovoldi mitingida qatnashgan.
Ma’lumot uchun, AQSHning saylangan prezidenti joriy yil davomida ikki marta suiqasddan omon qoldi. Birinchisi iyul oyida Pensilvaniyadagi saylovoldi mitingida snayper otgan o‘q siyosatchining qulog‘iga tegib ketganida yuz berdi. Ikkinchi marta radikal va Ukrainaga yordam berish tarafdori Trampning Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohi yaqinida o‘t ochdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112720 | Инструменты