Huawei 1
Tramp Xitoyga yangi 50 foizli tariflar bilan tahdid qilmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoyga yangi qattiq savdo tariflari bilan tahdid qildi. Agar Pekin 8-aprelgacha Amerika tovarlariga 34 foizlik bojlarni bekor qilmasa, AQSh 9-apreldan boshlab Xitoydan import qilinadigan mahsulotlarga 50 foizlik bojlar joriy qiladi, deb yozdi Oq uy rahbari 7-aprel, dushanba kuni Truth Social nashrida.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Xitoy bilan tariflar bo‘yicha boshqa muzokaralar o‘tkazilmaydi. Shu bilan birga, boshqa davlatlar bilan bojxona siyosati bo‘yicha muzokaralar “zudlik bilan” boshlanishi kerak, dedi Tramp. U gap qaysi davlatlar haqida ketayotganiga aniqlik kiritmadi.

AQShning Xitoyga bojlari umumiy miqdori 104 foizga yetishi mumkin

Bir necha kun oldin AQSh prezidenti Xitoydan import qilinadigan tovarlarga yangi tariflar joriy etilishini e'lon qildi: 34 foizlik bojlar 9-apreldan kuchga kirishi belgilandi. Bunga javoban Pekin Amerika tovarlariga ham xuddi shunday darajadagi tariflarni joriy etishi haqida ogohlantirdi.

Ayni paytda AQShda Xitoy mahsulotlariga 20 foizlik bojlar joriy qilingan. Shunday qilib, agar Tramp 50 foizlik yig'imlar kiritish haqidagi tahdidini bajarsa, jami 104 foizni tashkil qiladi.

Trampning Xitoy va boshqa aksariyat mamlakatlardan import qilinadigan mahsulotlarga yangi tariflar joriy etish qarori butun dunyo siyosatchilari va iqtisodchilarining keskin tanqidiga sabab bo‘ldi va fond bozorlari o‘z indekslarida sezilarli pasayish bilan javob berdi. Bundan tashqari, neft narxi keskin tushib ketdi. Iste'mol narxlari ham butun dunyo bo'ylab ko'tarilishi va iqtisodiy o'sish sekinlashishi kutilmoqda. 

DPA axborot agentligi ta'kidlaganidek, Trampning yangi savdo tariflarini joriy etish qarori uning savdo siyosatidagi eng tajovuzkor va uzoqni ko'zlagan qadami bo'ldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41703 | Инструменты