Huawei 1
Tramp yadro xavfsizligi boshqarmasining 300 dan ortiq xodimini ishdan bo‘shatdi

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Yadro xavfsizligi milliy boshqarmasining (NNSA) 300 dan ortiq xodimini ishdan bo‘shatdi, deb xabar berdi CNN.

Telekanal manbalariga ko‘ra, ularni ishdan bo‘shatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan amaldorlar bu xodimlarning ba’zilari Amerika yadro qurollari xavfsizligi, jumladan, ularning ishlab chiqarilishini nazorat qilish uchun mas’ul ekanini bilmagan. Endi ushbu boshqarma bo‘ysunadigan AQSh Energetika vazirligi qarorlarni bekor qilmoqchi.

Energetika vazirligi ishdan bo‘shatishlarni rasman tasdiqladi, biroq ular «50 nafardan kam odamga» ta’sir qilganini va asosan ma’muriy lavozimdagilar ketganini ma’lum qildi.

Umuman olganda, boshqarmada taxminan 1800 nafar xodim ishlaydi. NNSA rahbari vazifasini bajaruvchi Tereza Robbins ishdan bo‘shatilganlarning ko‘pini qaytarilishini kutayotganini aytgan.

Telekanalning qayd etishicha, Milliy Yadro xavfsizligi boshqarmasidagi qisqartirishlar Kongress a’zolarida xavotir uyg‘otgan. CNN manbasiga ko‘ra, bir guruh senatorlar shu masala bo‘yicha Energetika vazirligi rahbari bilan uchrashgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32020 | Инструменты