Huawei 1
Trampning maslahatchisi “Oval kabinetdagi haqorat”dan keyin nima bo‘lganini tushuntirdi

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uolsning aytishicha, Oq uyda Vladimir Zelenskiyning Donald Tramp va Jyey Di Vens bilan tortishuvidan keyin Tramp jamoasi "bir ovozdan" muzokaralarni davom ettirish mumkin emas, degan xulosaga kelgan.

"Bizda matbuotdan chiqib turish so‘ralgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi va biz prezidentga deyarli bir ovozdan Oval kabinetdagi bu haqoratdan keyin ish qanday oldinga siljishi mumkinligini ko‘rmayotganimizni va keyingi har qanday harakatlar faqat orqaga ketishini aytdik. Va biz buni prezident Zelenskiy va uning jamoasiga ham aytdik", — dedi Uols Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

Bu qandaydir pistirma edi. Bu mutlaqo noto‘g‘ri edi. Bizda [Oq uyning] Sharqiy xonasida ajoyib muhit hukm surayotgandi, ikkala yetakchi ham AQSh va Ukrainani iqtisodiy jihatdan birlashtiradigan [bitimni] imzolashga tayyor edi. Bizga kerak bo‘lgan muhim foydali qazilmalar, ularga kerak bo‘lgan iqtisodiy investitsiyalar — va bular Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarni yuborishga tayyorligini aytgan Buyuk Britaniya bosh vaziri [Kir Starmer], tinchlikparvar kuchlarni yuborishga tayyor bo‘lgan Fransiya prezidenti [Emmanuel] Makron va hozirgina [AQSh]prezidenti NATO bosh kotibi [Mark Ryutte] bilan kengroq xavfsizlik kafolatlari haqida gaplashishi ortidan bo‘ldi.

Uolsning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv imzolanishi "haqiqatan ham Ukraina uchun ijobiy palla bo‘lishi kerak edi", shundan so‘ng urushga barham berish uchun Rossiya tomoni bilan keyingi muzokaralarga o‘tish mumkin bo‘lardi.

Biroq Zelenskiy, «bunday ishlarni qilishga urinish uchun noto‘g‘ri yondashuv, noto‘g‘ri vaqt va aniq noto‘g‘ri prezident» tanladi, deydi Uols. Uning fikricha, Zelenskiy AQShning avvalgi prezidenti Jo Baydendan Amerika Ukrainani "qancha kerak bo‘lsa, shuncha" qo‘llab-quvvatlashi va cheklar yozib berishini eshitishga o‘rganib qolgan. "Menimcha, [AQSh] prezidenti juda xafa va ochiqchasiga g‘azablangan, chunki Zelenskiy haqiqatan ham harbiy harakatlarni to‘xtatmoqchi yoki yo‘qligi aniq emas", — deya qo‘shimcha qildi Uols.

Boshlovchining Uols Zelenskiy Oq uyni tark etayotganda nima bo‘lganini to‘liq tushungan deb hisoblaysizmi, degan savoliga u «to‘g‘risini aytsam, yo‘q" deb javob berdi. "Uning jamoasi tushundi. Uning elchisi va uning maslahatchisi deyarli yig‘lab, bu ish oldinga siljishini xohlashdi, ammo Zelenskiy hali ham bahslashardi va nihoyat men unga: „Janob prezident, jang maydonida vaqt siz tomonda emas, dunyodagi vaziyat nuqtayi nazaridan vaqt siz tomonda emas va eng muhimi, AQSh va soliq to‘lovchilarning sabr-toqati cheksiz emas“ dedim", — deydi Uols.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30314 | Инструменты