Turk lirasi qadrini yo’qotishda davom etmoqda
Turk lirasining qadri dushanba kuni dollarga nisbatan pastlashda davom etdi va geosiyosiy tashvishlar fonida tarixiy minimumni qayd etdi. Bloomberg xabariga ko’ra, soat 15:00 holatiga ko’ra Turkiya pul birligi bir dollarga nisbatan 7,79 lirani tashkil qildi.
Shu tariqa turk valyutasi 1999 yildan beri eng uzoq muddatli pasayishni qayd etdi. Vaziyatga hattoki Markaziy Bankning asosiy foiz stavkasini 8,25%dan 10,25%ga oshirgani ham ta’sir qilmadi.
Turk aktivlariga bo'lgan qiziqish bir qator sabablarga ko'ra so’nib bormoqda. Birinchi sabab albatta koronavirus pandemiyasidir. Shu bilan birga, tashqi muammolarning roli ham katta. Yaqin haftalarda AQSh Gretsiya va Kipr sabab Turkiyaga nisbatan bir qator sanksiyalarni ma’qullagan edi.
Yil boshidan beri turk sarmoyadorlari qiymati $13,3 mlrd bo’lgan qimmatli qog’ozlarni sotdilar – bu esa 2005 yildan beri maksimal ko’rsatkichdir. Lira yil boshidan beri 25%ga o’z qadrini yo’qotdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50319 | Инструменты