Huawei 1
Turkiya Suriya mahsulotlari importiga qo‘yilgan cheklovni bekor qildi

Turkiya Savdo vazirligi Suriya tovarlari va mahsulotlari importiga ruxsat berdi. Bu haqda Quruqlik va dengiz portlari bosh boshqarmasi Mazen Allush ma’lum qildi.

«Quruqlik va dengiz portlari bosh boshqarmasi hamda Turkiya Savdo vazirligi yig‘ilishida Suriya tovarlari va oziq-ovqat mahsulotlarining turk bozorlariga eksportiga qo‘yilgan cheklovni bekor qilish bo‘yicha qaror qabul qilindi», — deyiladi xabarda.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo bitimi 2011 yilda, Suriyada fuqarolik urushi boshlanganida to‘xtatilgan edi. Muxolifat kuchlari o‘tgan yilning dekabr oyida Bashar Asadni hokimiyatdan chetlatgach, Turkiya mamlakat iqtisodiyotining qayta tiklanishiga yordam berishni va’da qilgan.

Avvalroq Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan Suriyaning qayta tiklanishiga yordam ko‘rsatish uchun xalqaro hamjamiyat undan sanksiyalarni olib tashlashi kerakligini ma’lum qilgandi. «Oldingi rejimga qarshi joriy etilgan sanksiyalar imkon qadar tezroq olib tashlanishi kerak», — degan Fidan Suriyaning yangi rahbari Ahmad al-Shar’a bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Ayni paytda Turkiya va Suriya o‘rtasidagi aloqalar 2024 yil 8 dekabrda Bashar Asad rejimi qulaganidan so‘ng jadal rivojlanmoqda. Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘z mamlakatining Suriya inqiroziga aralashuvi nafaqat asosli, balki zarur qadam ekanini yana bir bor ta’kidlagandi.

Shuningdek, YeIga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlar Suriyaga qarshi sanksiyalarni olib tashlashni nazarda tutuvchi yo‘l xaritasini kelishib olgan. Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallasga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi sanksiyalarni bekor qilishda «tezroq harakat qilishga intilmoqda», ammo uning ogohlantirishicha, mamlakatning yangi hukumati «noto‘g‘ri qadamlar tashlasa» qaror qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21201 | Инструменты