Turkiyadagi portlovchi moddalar zavodida yuz bergan portlashda 12 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya ma’lum qildi, deya xabar beradi Turkiyaning TRT Haber telekanali.
“Afsuski, portlash natijasida 12 kishi halok bo‘ldi, 4 kishi jarohat oldi. Jabrlanganlarning ahvoli normal. Tergov boshlandi”, - dedi Yerlikaya.
Telekanalning ta'kidlashicha, portlash Balikesirning Kavakli qishlog'ida sodir bo'lgan. Aholi punkti Turkiyaning gʻarbiy qismida, Istanbul yaqinida joylashgan.
Balikesir gubernatori Ismoil Ustao‘g‘lining qo‘shimcha qilishicha, portlashdan so‘ng voqea sodir bo‘lgan hududga qutqaruvchilar yuborilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122506 | Инструменты