Turkmaniston prezidentining otasi vafot etdi
18-aprel kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning otasi Malikguli Berdimuhamedov 89 yoshida vafot etdi.
Malikguli Berdimuhamedov 1932-yil 12-avgust kunida tugʻilgan edi.
Malikguli Berdimuhamedov keyinchalik mamlakat Ichki ishlar vazirligi organlarida ishlab, Toshhovuz, Mari, Ashxobod shaharlarida turli lavozimlarni egallagan, xususan, guruh qoʻmondoni, otryad boshligʻi boʻlgan, navbatchilik qismiga, kadrlar boʻlimiga rahbarlik qilgan, shtab boshligʻi boʻlgan.
1982-yilda podpolkovnik unvoni bilan isteʼfoga chiqqan edi.
Ma'lumot uchun, 2012-yil fevralida Turkmaniston Majlisi (parlamenti) qarori bilan, poytaxtdagi 1001-sonli harbiy qismga Malikguli Berdimuhamedov nomi berilgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60906 | Инструменты