Huawei 1
Ukraina Yevroittifoqqa qurolli kuchlarini bevosita moliyalashtirishni taklif qildi

Kanadada bo‘lib o‘tgan «Katta yettilik» mamlakatlari moliyaviy blokining sammitida Ukraina moliya vaziri Sergey Marchenko 2026 yildan boshlab Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Ukraina Qurolli kuchlarini moliyalashtirishda ishtirok etishni taklif qildi. Bu haqda Marchenkoning o‘zi Facebookʼdagi sahifasida yozgan.

Kiyev Ukraina qurolli kuchlarini Yevropa mudofaa tizimiga birlashtirishni taklif qilmoqda, dedi ukrainalik vazir. Uning taʼkidlashicha, bu Ukrainaga, xususan, 2026 yilda va undan keyin moliyaviy barqarorlikni saqlab qolish imkonini beradi. YEI o‘zini Rossiyaning potensial agressiyasidan himoya qila oladi, «chunki Ukraina armiyasi buning uchun barcha zarur tajribaga ega», dedi Marchenko.

«Ukraina qurolli kuchlarini Yevropada xavfsizlik bilan taʼminlash xarajatlari YEI yalpi ichki mahsulotining kichik qismini tashkil qiladi. Bu tashabbusga qo‘shilishga tayyor davlatlar o‘rtasida taqsimlanishi va ushbu davlatlarning NATO oldidagi majburiyatlariga muvofiq mudofaa xarajatlari hisobiga kiritilishi mumkin», deb hisoblaydi Ukraina Moliya vazirligi rahbari.

Shuningdek, Marchenko hamkorlardan Ukrainani qo‘llab-quvvatlash davom etishi haqida «aniq signallar» olganini yozgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52319 | Инструменты