Huawei 1
Ukrainaga berilgan F-16 qiruvchi samolyotlaridan biri halokatga uchradi

Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi F-16 samolyoti yo‘qotilganini tasdiqladi.

26-avgust kuni Rossiya hujumini qaytarishda Ukraina Qurolli kuchlarining F-16 qiruvchi samolyotlari qatnashgan. Maqsadli hujum paytida samolyotlardan biri bilan aloqa uzilib qolgan.

Bu haqda Ukraina OAVlari Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi bayonotiga tayanib xabar berdi.

“Havo jangi paytida F-16 samolyoti o‘zining yuqori samaradorligini namoyish etdi, bort qurollari bilan dushmanning to‘rtta qanotli raketasi urib tushirildi. Ammo keyinroq samolyotlardan biri bilan aloqa uzildi. Tekshirishlar samolyot halokatga uchragani va uchuvchi halok bo‘lganligini tasdiqladi. Mudofaa vazirligining samolyot qulagan hududda ish olib borayotgan maxsus komissiyasi avariya sabablarini aniqlashga harakat qilmoqda”, deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91416 | Инструменты