Uy sichqoni Patrik Styuart dunyodagi eng qari sichqon deb toplidi

Patrik Styuart nomli sichqon inson parvarishidagi eng qari tirik sichqon deb topildi. Ginnesning rekordlar kitobi veb-saytiga ko’ra, hayvon tarixdagi eng keksa sichqon ham hisoblanadi.

"Star Trek" va "X-Men" filmlarida ro’l o'ynagan Gollivud aktyori Patrik Styuart sharafiga nomlangan siqchon 2023-yil 11-fevral holatiga ko’ra to’qqiz yoshu 212 kunlik bo’ldi.

Sichqonlar uchun bu yosh misli ko’rilmagan hisoblanadi. O’rtacha sichqonlarning bu turi yovvoyi tabiatda bir yildan ikki yilgacha, parvarishda esa to’rt yildan olti yilgacha umr ko’rishi mumkin.

Patrik Styuart sichqoni Shimoliy Amerikadagi eng kichik sichqon turi bo’lib, bu tur yo’q bo'lib ketgan deb o'ylangan. Ammo 1994-yilda Kaliforniya shtatidagi Data Pointda ularning kichik qoldiq populyatsiyasi qayta topilgan. 

Sichqon 2013-yil 14-iyulda San-Diego hayvonot bog’ining Tinch okeani cho‘ntak sichqonlarini yetishtirish markazida tug‘ilgan va butun umri shu yerda o'tgan.

Aytib o’tish lozimki, oxirgi rekord yetti yilu 225 kun (1977-1985) yashagan Fritsi nomli sichqonga tegishli edi. Bungacha u qayd etilgan eng keksa sichqon bo’lgan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq AQSHning Ogayo shtatida yashovchi 23 yoshli chihuahua zotiga mansub “Spayk” laqabli it Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng keksa it sifatida kiritilgani haqida ma'lum qilgan edik. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 123118 | Инструменты