“Yagona umumrespublika protsessing markazi” MChJ Milliy banklararo toʻlov tizimi bilan birgalikda UZCARD va HUMO toʻlov tizimlari bankomatlarini integratsiya qilish boʻyicha texnik ishlarni yakunladi. Mazkur amaliyot Prezidentning 2023-yil 9-martdagi PQ-88-son “Aholi tomonidan toʻlovlarni amalga oshirishda qoʻshimcha qulayliklar yaratish toʻgʻrisida”gi Qarorini ijro etish maqsadida amalga oshirildi.
Hozirgi vaqtda pilot rejimida ikkita bankomat ishlab turibdi: UZCARD ga ulangan va HUMO bank kartalarini qabul qiluvchi “Kapitalbank” ATB bankomati, shuningdek HUMO ga ulangan va UZCARD kartalari qabul qilinishini ta’minlaydigan “Xalq banki” ATB bankomati.
Toʻlov tizimlarining ikkala operatori tomonidan test sinovlari muvaffaqiyatli yakunlangandan soʻng, shuningdek tranzaksiyalarni amalga oshirishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xatolar aniqlangandan soʻng, tijorat banklarining barcha bankomatlarini ulash rejalashtiriladi.
2023-yil 1-iyundan boshlab tijorat banklari bilan kelishilgan jadvalga muvofiq barcha bankomatlarni bosqichma-bosqich ulash boshlanishi kutilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40517 | Инструменты