Dominikan Respublikasida Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga aloqador ikkinchi samolyot qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Diario Libre manbalarga tayanib. Falcon 2000EX hozirda Xoakin Balager aeroportida. Avvalroq OAV manbalarga tayanib, xuddi shu aeroportda Maduroga tegishli Falcon 900EX samolyoti musodara qilingani haqida yozgan edi.
Falcon 2000EX 10 million dollar turadi va 10 nafar yo‘lovchini tashishga mo'ljallangan. Diario Libre nashrining yozishicha, ushbu samolyotning qayd etilgan yagona parvozi 2019-yil 14-sentabrda amalga oshirilgan. O'sha paytda samolyot Maltaga uchayotgan bo'lgan.
2-sentabr kuni CNN telekanali manbalarga tayanib, Nikolas Maduroning samolyoti Dominikan Respublikasida hibsga olinib, Floridaga yetkazilgani haqida xabar bergan edi. Bunga sabab samolyot sotib olinishi Amerikaning Venesuelaga qarshi sanksiyalarini buzgani sabab bo‘lgan. Samolyot narxi 13 million dollarga baholangan. Venesuela hukumati uning AQSh talabi bilan qo‘lga olinishini “qaroqchilik” deb atadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91723 | Инструменты